
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari bilan dars mashg’uloti o’tkazdi.
Qiziqarli ruhda bo’lib o’tgan dars davomida talabalar kitobot san’ati va tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Dars yakunida fakultetning 1-bosqich talabasi Shahnoza Ro’ziyeva professor İbrohim Yuldashevga “Baxt izlagan odamlar” nomli kitobini sovg’a qildi. O’z o’rnida, İbrohim Jo’rayevich bundan keyin ijodkor talabalar kitoblarining taqdimotlarini o’tkazish taklifini ilgari surdi.