1

Jahon standartlariga mos ilmiy ish yaratish — davr talabi

Jahon standartlariga mos ilmiy ish yaratish — davr talabi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov magistratura mutaxassisligi talalabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Dastlab Eldor O‘ralovich yanvar oyida magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalarni tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Shu bilan birga, magistratura mutaxassisigi talabalari bakalavriatda tahsil olayotgan talabalardan bilim va boshqa jihatlar bo‘yicha ajralib turishi lozimligi, ularning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi.

Qolaversa, ilmiy mavzular faqatgina mamlakat miqyosida emas, balki jahon standartlariga mos tarzda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir talabala chet tilini bilish darajasi o‘quv yili so‘ngiga qadar yuqori pog‘onaga olib chiqishi darkor ekanligi aytildi.

Uchrashuv so‘ngida talabalarning taklif va muammolari o‘rganildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish va o‘rinli takliflarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriq berildi.