“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda institut rahbariyati, talabalar hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Jahongir Meliqo‘ziyev ishtirok etdi.
Dastlab oliygoh rektori, professor Ibrohim Yuldashev so‘zga chiqib, jaholatga qarshi kurashda jamiyatda ta’limning o‘rni haqida fikr bildirdi.
“Butun dunyo bo‘ylab globallashuv jarayoni kechmoqda. Axborot-texnologiyalar davrida yashayapmiz. Shunday ekan, faqatgina kerakli ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanishimiz lozim. Bugun yurtimizda barcha sohalarda katta islohotlar olib borilmoqda. Biz axbortlardan to‘g‘ri foydalangan holda o‘z odob-axlog‘imiz, ma’naviyatimizni asrab-avaylashimiz hamda uni kelajak avlodga yetkazishimiz zarur. Bu jarayonlar bizgacha ham davom etgan. Navoiy, Ulug‘bek kabi ajdodlarimiz ham dunyoviy, ham diniy fanlar rivojida katta hissa qo‘shgan”, – dedi Ibrohim Yuldashev.
Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Jahongir Meliqo‘ziyev ko‘r-ko‘rona ma’lumotlarga ishongan holda noto‘g‘ri yo‘lga kirgan yoshlar, turli radikal oqimlar haqida ma’lumot berib, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanish kerakli to‘g‘risida gapirdi.
Qolaversa, dinim oqimlar ta’sirida urush o‘chog‘iga aylangan mamlakatlarga aldanib ketayotgan odamlarning qismati hamda salomatligiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadigan tabletkalarni qabul qilganlarning ayachli taqdiri aks ettirilgan videoroliklar namoyish etildi.
Qo‘mita vakili ma’lumotlar almashishda uning ishonchli ekanligiga amin bo‘lishga hamda taqiqlangan manbalardan foydalanmaslikka chaqirdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.