Iste’dod egalari munosib rag‘batlantirildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov institutning iqtidorli hamda volontyor talabalari bilan davra suhbati olib bordi.
Uchrashuvda jamiyat rivojida yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi. Shu bois, ularning yetuk soha vakili sifatida yetishishida ta’lim-tarbiya masalalariga jiddiy yondashishi lozimligi aytib o‘tildi. shu bilan birga, yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi hamda magistratura, doktorantura bosqichlarida tahsil olib, soha taraqqiyoti uchun hissa qo‘shishlari uchun intilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Qolavera, institut rektori v.b. Eldor Shermanov tomonidan yoshlarni ruhlantirish, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish maqsadida maxsus ko‘rgazma namoyish etildi.
Shu bilan birga, volontyorlik faoliyatini ham jonlashtirish, bu yo‘l orqali katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi aytildi. Xalq bilan ishlash, rahbarlik qobiliyatini shakllanishi ko‘p jihatdan volontyorlik bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.
Xabaringiz bo‘lsa kerak, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan tanlov e’lon qilingandi. Bugun mazkur tanlov g‘oliblari ham institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, institut psixologi tomonidan talabalar uchun seminar-trening tashkil etildi.