Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy kengashning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan Iqboljon Meliqо‘ziyevning “О‘zbek badiiy filmlarida kinooperatorlik mahorati” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar qatnashgan mazkur anjumanda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev so‘z olib, mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli hamda juda samarali o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida aytib o‘tdi. Ilmiy tadqiqot sohasida erishilayotgan natijalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy izlanishlari hamda innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar xususida fikr yuritildi. Kino san’ati maktabini kо‘rgan, ekran madaniyatini tushungan, is’tedodli va bugungi kunda ustozlar an’analarini davom ettirishga intilib kelayotgan kinooperatorlar faoliyatidagi yutuqlar e’tirof etildi.

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Qayd etilganidek, texnika taraqqiyoti natijasida operatorlik san’ati yuksak darajaga kо‘tarildi, desak xato bо‘lmaydi. Uning negizini texnika tashkil etsa-da, lekin ijodkorlar salohiyati va ularning izlanishlari film saviyasini belgilaydi. Film voqealari ichida yashagan, ularni qalbidan his qila olgan operatorgina haqiqiy san’at asarini yarata oladi.
Ta’kidlandiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissorligi va kinoteleoperatorlik mahorati” kafedrasi mudiri, professor v.b, talabgor I.Meliqо‘ziyevning dissertatsiyasi yuzasidan 17 ta maqola va konferensiya materiallarini e’lon qilgan. Jumladan, 4 tasi xorijiy nashrlarda chop etilgan. OAK reyestri jurnallarida 7 ta, konferensiya materiallari 5ta, darslik 1 ta jami 17 ta ilmiy ish chop etilgan.

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

E’tirof etilganidek, mazkur tadqiqot ishida tasvirning kino badiiy tilini boyitish, film mohiyatini teran tadqiq etishdagi ahamiyati, tasviriy yechimda ijodkor mahorati hamda asarga munosabat aks etishi, kinoperatorlar uslubiy о‘ziga xosligining namoyon bо‘lishi masalalariga e’tibor qaratilgan. Kino san’ati tarixi va nazariyasiga doir tadqiqotlar olib borgan Amerika va Yevropa olimlari Jorj Sadul, Bela Balash, Andre Bazen hamda rus olimlari va kinooperatorlaridan R.Ilin, YE.Goldovskiy, M.Goldovskaya, V.Jeleznyakov, A.Golovnya ishlarida kino badiiy estetikasi yaratilishida kinooperator va kinotexnikaning tutgan о‘rni, roli, tasviriy yechim yaratish mahorati, yetakchi ijodkorlar faoliyati kabi qator nazariy-amaliy masalalar о‘z aksini topgan. О‘zbek kinoshunoslari J.Teshaboyev, H.Akbarov, X.Abulqosimova, N.Karimova, O.Kopadze, S.Xaytmatova tadqiqotlarida kino tarixi va nazariyasi, taraqqiyot yо‘li, rejissura, kinodramaturgiya va ekranlashtirish masalalari yuzasidan ilmiy tahlillar amalga oshirilgan.

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, solishtirma-qiyosiy tahlil, nazariy mushohada, mantiqiy-eksperemental kabi usullar qо‘llanilgan. O‘zbek badiiy kinosida о‘tgan asrning 40-yillarida Daniil Demuskiy filmlari (“Tohir va Zuhra”, “Nasriddinning sarguzashtlari”) bilan kinooperatorlik tasvir madaniyati va ijodiy maktabga asos solinganligi, milliy uslubning plastik ifodasi о‘lkamiz muhiti, iqlimi, xususiyatidan kelib chiqib, aniq tasviriy dramaturgiyaga ega bо‘lgan vizual obraz va tasviriy yechimda kadr postanovkasi, yorug‘lik eksponometridan foydalanish meyorlarini belgilash о‘ziga xos xarakterda shakllanganligi hamda tomoshabin idroki, tasviriy an’analar va ekran obrazining о‘zaro aloqadorligi hamda badiiy ifoda elementlari korrelyatsiyasiga asoslangan vizual tasvirning dominant ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish kabi badiiy-estetik mezonlari paydo bо‘lgani isbotlangan. Milliy badiiy kinoda tasviriy yechim yaratish, kinotasvir tilini boyitish, kinooperatorlik uslublari rang-barangligiga erishish, hamda kompozitsiya, nur, soya, rang, optika, kadr formati, rakurs, mezansahna (mezankadr), ramz, metafora vositalaridan badiiy yaxlitlik yо‘lida foydalanish mahorati turli о‘lchamlar, formatlar, texnik-texnologik omillar hamda ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida namoyon bо‘lgani sababli bosqichli xarakter kasb etganligi dalillangan. Kichik hajmdagi (22, 25, 35) obyektivda va stedikam sistemasi mavjud bо‘lmagan sharoitda monumental va rangtasvir (jivopis)li vizual obrazlar yaratishga asos solgan о‘zbek kinooperatorlik maktabining mumtoz an’analari hozirgi raqamli texnologiyalar davrida turli millatlar (hind, koreys, turk) filmlariga taqlid qilish hamda videokliplar, reklama roliklariga xos qisqa, yirik planli montaj, ekspressiv yoritish kabi tasviriy usullarga yо‘l qо‘yish va buning natijasida zamonaviy jarayonlarda kinokadr kompozitsiyasi, badiiy yoritish, ranglar yechimi, metaforik tasvir mezonlari о‘zgarib borayotgani sababli ustuvor ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Zamonaviy kino ifoda tili, tasviriy yechim yaratish konseptlari, raqamli texnika imkoniyatlari kabi ijodiy-texnologik jihatlar hamda kompozitsiya va tasviriy yechim yaratish, yorug‘likni qо‘llash kabi badiiy an’analardan foydalanish mezonlari milliy maktab xususiyatlarini saqlab qolish, unga vorisiylikni shakllantirish kabi yangi davr tamoyillariga bog‘liqligi dalillangan.
Qolaversa, kino san’ati texnik – texnologik omillarga bog‘liq bо‘lgan badiiy ijod turi ekanligini ilmiy-nazariy aspektda baholangan. О‘zbekistonga kinooperatorlik sohasining kirib kelish tarixi, asoslari, xususiyatini belgilash va rivojlanish yо‘lini aniqlangan. D.Demuskiy va M.Krasnyanskiy kabi soha ustalarining badiiy maktab yaratishdagi faoliyatini tahliliy о‘rganilgan. O‘zbek badiiy kinooperatorlik maktabida Hotam Fayziyev, Abdurahim Ismoilov, Hamidulla Xasanov, Rifqat Ibrohimov kabi ijodkorlar uslubidagi yetakchi jihatlarni belgilash, xususiyatlari ochib berilgan. A.G‘aniyev, U.Hamroyev, R.Murodov, A.Arziqulov kabi yosh ijodkorlar ishidagi yangi uslubiy tamoyillarni о‘rganish hamda an’analar davomiyligi va vorisiylik istiqbollari yuzasidan xulosalar ishlab chiqilgan. Respublikada kinooperator kadrlar tayyorlashning holati, xususiyati va muammolarini tahlil qilish asosida amaliyotda qо‘llashga doir taklif va tavsiyalar kiritilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, san’at, madaniyat kollejlarida milliy kinooperatorlik maktabi xususiyatlarini о‘rganishda, shuningdek, “Badiiy kinoda tasviriy yechim”, “Kinooperatorlik mahorati”, “Kino tarixi va nazariyasi”, “Ekran san’atlarida badiiy tanqid va tahlil” kabi fanlardan о‘quv qо‘llanma va darsliklar yaratishda ma’lumotlar manbai bо‘lib xizmat qilgan.

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati kinooperatorlik kasbiy mahoratini mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash, о‘quv-uslubiy, о‘quv qо‘llanmalar, darsliklar yaratish, mutaxassislik ta’limiga yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar olib kirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Darhaqiqat, ushbu dissertatsiya badiiy kinodagi tasvir mahorati misolida О‘zbekistonda kinooperatorlik jabhasining yuzaga kelishi, rivojlanish yо‘li, taraqqiyoti, istiqboli hamda bartaraf etilishi lozim bо‘lgan muammolarini о‘rganishga bag‘ishlangan ilk tadqiqotdir. Tadqiqotda ilk bor о‘zbek badiiy kinosi tarixi kinooperatorlik izlanishlari va ijodiy mahorat nuqtai nazaridan о‘rganilib, mazkur sohada milliy maktab shakllangani asoslab berilgan.
Dissertatsiya avtoreferatiga mamlakatimizdagi yirik olimlar va mutaxassislardan 11 ta, nufuzli xorijiy mutaxassislardan 7 ta taqriz kelib tushgan. Ularda Iqboljon Meliqо‘ziyevning avtoreferati ijobiy baholangan. Ilmiy ish mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari aniq belgilanganligi, kinoning asosiy mualliflaridan biri bо‘lmish operatorlar ijodini tarixiy tadrijiy о‘tmishi va bugungi kunini о‘rganish, о‘zbek kinosidagi badiiy an’analar mazmuni, taraqqiyot yo’li hamda istiqbolini tadqiq etishda muhim о‘rin tutishi ilmiy asoslanganligi qayd etilgan.

Iqboljon Meliqо‘ziyevning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Eng muhimi, Iqboljon Meliqо‘ziyevning “О‘zbek badiiy filmlarida kinooperatorlik mahorati” mavzusidagi dissertatsiya ishi о‘zining hajmi, dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, oldiga qо‘yilgan vazifalari va erishilgan maqsadlari bо‘yicha О‘zR OAKning 17.00.03 – Kino san’ati.Televideniye ixtisosligi bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyalarga qо‘yilgan barcha talablarga javob beradi.

image_pdfimage_print