Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 10-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, kengash a’zolari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Kengashda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagogik jamoasi a’zolaridan Farrux Tursunov, Matluba Isakova va Venera Yusupovaga dotsent unvoni berildi. Kengash a’zolari institut ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shayotgan xodimlarning kelgusi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

O‘zbekiston professional futbol ligasi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Students cup” mini-futbol musobaqasining Toshkent bosqichida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat” jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgani aytildi hamda ushbu jamoada to‘p surgan talabalar va ularning murabbiylari taqdirlandi.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, institutda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” va “Jahon tillari” kafedralari professor-o‘qituvchilarining Scopus va Sciense Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishi va impakt-faktorga ega jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirishi, ilmiy-ijodiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida olib borayotgan ishlari to‘g‘risida, xalqaro hamkorlik aloqalarini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda professor-o‘qituvchilarning xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish stajirovkalarga yuborilishini tashkil etilishi to‘g‘risida, institutda chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarni chet tillarini o‘zlashtirish holati to‘g‘risida, shuningdek, yana bir qator turli masalalar bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Ushbu anjuman davomida institutdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, fan, taʼlim sifatini yaxshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosida dunyoda tan olingan reytinglarga kirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalar muhokama qilindi.
Qolaversa, e’tirof etildiki, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi ustoz-murabbiylardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi. Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillarning eng asosiylaridan biri yurtimizda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Mamlakatning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Institut tomonidan yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida yanada samarali ishlarni bajarish lozim.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Shuningdek, davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan ham tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash kerakligi qayd etildi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan darsliklarni metodik jihatdan yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.
Majlis ishtirokchilari tomonidan aytilganidek, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar iqtidorli, ilmiy salohiyati yuqori, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot kommunikatsion madaniyatini puxta oʼzlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Talabalarning bilim va kо‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bо‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh is’tedodlarni aniqlash va qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Shuningdek, magistratura sirtqi ta’lim bo‘limi faoliyati hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari uchun o‘tkaziladigan bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotlarining holati, dekanatlardagi mavjud guruh jurnallarining yuritilish jarayonlari hamda yana boshqa bir qator masalalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalar muhokama qilindi.
Samimiy ruhda о‘tgan hamda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamalarda majlis ishtirokchilari o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Kerakli xulosalarni chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab olishdi.

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

Institutning navbatdagi kengashi o‘tkazildi

image_pdfimage_print