Institutdagi muhim yig‘ilish

Institutdagi muhim yig‘ilish

Joriy yilning 23-fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Sobir Jumayev tomonidan ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartiblari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ta’kidlandiki, ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan darajasiga) ega bo‘lgan xodimlariga asosiy ish joyi bo‘yicha qo‘shimcha haq belgilanadi. Erishilgan natijalarning mezonlarga muvofiqligini baholash taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.

Tadbir davomida institut ilmiy salohiyatini oshirish, jamoani yanada faollikka jalb etish, institutning barcha sohalardagi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quv adabiyotlari hamda darslik qo‘llanmalar chiqarish kabi masalalar muhokama qilindi. Yoshlarning ilmiy tadqiqotga jalb etish, innovatsion hamkorliklarni kengaytirishga doir eng dolzarb hamda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar tahlil etildi.
Institutdagi muhim yig‘ilish
Shuningdek, magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ham muhokama qilindi.
– Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda bugungi kunda taʼlim sifatini yanada yaxshilash, talabalarga eng soʻnggi zamonaviy axborot texnologiyalar, ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar asosida bilim va koʻnikmalar berish, kadrlar tayyorlash boʻyicha salmoqli ishlar qilinmoqda, – dedi S. Jumayev. – Bu jarayonlarda yuqori malakaga ega, ayni vaqtdagi mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar yetishtirib berishda yuksak ilmiy salohiyatga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrni kattadir. Demak, davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish masalasida mas’uliyat bilan yondashish zarur.
Institutdagi muhim yig‘ilish
Yig‘ilish davomida muhim bo‘lgan kerakli xulosalar chiqarildi hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.

image_pdfimage_print