
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov va institut rahbariyati tomonidan institutning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada barqarorlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Jumladan:
– Dekan muovinlari va tyutorlarning belgilangan ish rejalardagi vazifalarni bajarishi;
– Institutdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning holati;
– Axborot-murabbiylik soatlarining samarali tashkil etilishi;
– Besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;
– Kitobxonlik va axborot-resurs markazidan foydalanish;
Universiada musobaqasida institut talabalari ishtiroki;
– Ko’rik-tanlovlar va davlat mukofotlarida talabalar ishtiroki;
– Yoshlar ittifoqi va xotin-qizlar kengashi faoliyati va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu yig’ilishda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faollariga maxsus formalar topshirilib, ularning institut ma’naviy-ma’rifiy hayotida yanada faol bo’lishida muvaffaqiyat tilandi.