Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

O’zbekiston Respublikasi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi, Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilari, ustoz-murabbiylari, tajribali olimlari, amaliyotchilari, tadqiqotchilari, tyutorlari, ishchi-xodimlari hamda talabalari bugun erta tongdan maʼmuriy va o‘quv binolari atrofida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. Hashar davomida atrofdagi maydonlar, yo‘lak va ariqlar o‘tlar va cho‘plardan, chiqindilardan tozalandi. Mevali va manzarali daraxtlarga, gullarga suv quyildi. Chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi.

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Darhaqiqat, hashar xalqimizning boy tarixi, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi an’ana bo‘lganligi sababli, insoniylik, mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik, yurtga muhabbat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etadi.

Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari institut jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta hissa qo‘shdi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, ta’lim dargohi hovlisi, o‘quv xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi. Ozodalikda amalga oshirilgan har qanday faoliyat esa insonni ruhiy tetikligiga ijobiy ta’sir qiladi.

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yuksak samarali hamda juda xayrli ishlarga O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti jamoasi ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda. Uyushtirilgan hashar davomida Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshevlar ham institut hududida daraxtlar ekishdi.

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Ushbu daraxtlar iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olingan. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinib, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi. Bunday ishlar natijasida institut tobora chiroy ochib boradi albatta.

Quvonarlisi, mamlakatimizning barcha hududlari, qishloq-ovullari, mahallalari, tashkilot va muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mamlakatimizdagi yashil maydonlarning soni ham kundan-kunga ortib bormoqda.

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Institutda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

image_pdfimage_print