1

Institut telekanali faoliyati yo’lga qo’yiladi

Institut telekanali faoliyati yo'lga qo'yiladi

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov institutning Kino, televideniye va radio san’ati, Teatr san’ati fakultetlari hamda axborot-resurs markazida bo’lib, professor-о‘qituvchilar, talabalar va ishchi-xodimlarning faoliyatini ko’zdan kechirdi.

Jarayonda institut televideniyesini tashkil etish ishlarini jadallashtirish, yangi pavilyon qurish va xonalarning issiqlik holati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shu joyning o’zida “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi uchun elektron monitor ham taqdim etildi.

Shuningdek, rektor v.b Eldor Shermanov axborot-resurs markazida kompyuter mashg’ulotlari bilan band bo’lgan talabalar bilan ham muloqot qildi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda institutda issiqlik tizimi barqaror holatda.