Institut rektori bilan muloqot

Institut rektori bilan muloqot

Joriy yilning 22-fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev hamda ushbu ta’lim dargohining Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazidi.
Institut rektori bilan muloqot
Professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar har jihatdan etuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi. Talabalar о‘zlari ilm olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirildi. Kelajak hayotlarida ilmiy izlanishlarini davom ettirib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatiga katta hissa qо‘shishga chaqirildi.
Institut rektori bilan muloqot
Ta’kidlandiki, kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi, xalqlar oʻrtasidagi munosabatni, hamjihatlikni, oʻzaro mehr-oqibatni tiklaydi. Barkamol inson tarbiyasi, odamlar maʼnaviyati, madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda oʻziga xos oʻrinni egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bogʻliq.
Institut rektori bilan muloqot
– О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlarning puxta ilm olishi, o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, – dedi Ibrohim Yо‘ldoshev. – Bugungi yoshlar yurtimiz ravnaqi, institut kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shadi. Chunki ular bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lmoqda.
Institut rektori bilan muloqot

image_pdfimage_print