1

Institut rahbariyati “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi faoliyati bilan tanishdi

Institut rahbariyati “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi faoliyati bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning mezonlari ishlab chiqish hamda ularning sonini oshirish, qolaversa, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratish masalalari ilgari surildi.

Shuningdek, kelgusida o‘quv teatri tijoratlashtirilishi aytib o‘tildi. Qolaversa, fidoyi va shijoatli o‘qituvchilar moddiy va ma’naviy taraflama rag‘batlantirilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, kelgusida teatr rassomchiligi yo‘nalishi tashkil etish borasida sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, talabalarning dars jarayonlardan chalg‘imasligi uchun ijodiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarning dars paytida davomat qilinmasligi belgilab berildi. Shuningdek, talabalarning yetuk soha vakili bo‘lishida xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishi muhim ekanligi aytib o‘tildi.

“Talaba 4 yil davomida birorta xorijiy davlatga chiqib, u yerda jarayon bilan tanishmasa, professional bo‘la olmaydi”, – dedi institut rektori v.b. Eldor Shermanov.

Qayd etish joiz, yil davomida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida o‘qituvchilar va talabalarni chet elga jo‘natish va u yerning tajribasi bilan tanishtirish maqsad qilingan.

Uchrashuv davomida kafedra o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan taklif va muammolar o‘rganildi.