Institut rahbariyati magistratura talabalari bilan muloqot o’tkazdi

Institut rahbariyati magistratura talabalari bilan muloqot o'tkazdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev hamda ushbu ta’lim dargohining va magistratura bosqichida izlanish olib borayotgan yigit-qizlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlar ilm bilan shug‘ullanishni, ilmiy ish qilishni o‘z oldilariga qat’iy maqsad qilib qo‘yishlari lozim ekanligi taʼkidlandi.
Institut rahbariyati magistratura talabalari bilan muloqot o'tkazdi
Professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar har jihatdan etuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi. Magistrlar о‘zlari ilm olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirildi. Kelajak hayotlarida ilmiy izlanishlarini davom ettirib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatiga katta hissa qо‘shishga chaqirildi.
“Institutning rahbar kadrlari, mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak”, – dedi Ibrohim Yо‘ldoshev.
Institut rahbariyati magistratura talabalari bilan muloqot o'tkazdi
Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda, xususan, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlarning puxta ilm olishi, o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Bugungi yoshlar yurtimiz ravnaqi, institut kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shadi. Chunki ular bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan. Ustozlarining o‘gitlari, ularning bergan ta’lim-tarbiyalari magistrlarning hayot yo‘lini yoritadigan chiroq bo‘lib xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

image_pdfimage_print