1

Institut o‘qituvchilari turli ilmiy unvonlarga loyiq ko‘rildi

Institut o‘qituvchilari turli ilmiy unvonlarga loyiq ko‘rildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’limga, ayniqsa, oliy ta’lim ta’limga e’tibor va talab ancha kuchaydi. Bu, albatta, vatanimiz kelajag bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga chuqur bilim berish yo‘lidagi muhim say-harakatlarning eng muhim omilidir. Shu jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham bu borada ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirildi. Ushbu harakatlarning samarasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan institutimizning bir qator o‘qituvchilari professor va dotsent ilmiy unvoniga loyiq ko‘rildi. Jumladan, “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi a’zosi Mashrab Ermatov professor, “Vokal” kafedrasi o‘qituvchisi Azamat Sharipov va “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi mudiri Sherzod Muhammadiyev dotsent ilmiy unvoniga loyiq ko‘rildi. Institut rahbariyati nomidan ilmiy unvon egalarini muborakbod etamiz va keyingi ilmiy-ijodiy ishlariga ham muvaffaqiyat tilaymiz.