
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yuksak samarali vazifalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalarning axborotdan erkin foydalanishini, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati durdonalaridan bahramand boʻlishini taʼminlash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda mazkur ta’lim datgohida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylangan. Shu bois, institut kutubxonasining ishlash tartibi ertalab soat 9:00dan kechqurun 22:00 gacha belgilandi.
Shuningdek, 2-Talabalar turar joyida yangi tashkil etilgan kutubxona esa 14:00 dan 22:00 gacha faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Ushbu ziyo maskanidagi adabiyotlar talabalarning o‘qishi, izlanishlari, dars tayyorlashlari uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Bunday e’tibordan talabalarning qalbi cheksiz quvonchga to‘lib, minnatdorchilik bildirishmoqda.