
Joriy yilning 28-fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 7-sonli yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, kengash a’zolari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Dastavval, institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani hamda ushbu tizimda juda samarali o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. Ta’lim berish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan xalqaro tajribalar e’tirof etildi. Ilmiy tadqiqot ishlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan natijalar, yoshlar tashabbuslarini aniqlash, talabalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, fan, taʼlim sifatini yaxshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosida dunyoda tan olingan reytinglarga kirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalar muhokama qilindi.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Prezidentimizning 2021-yili “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobi Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi haqida xalqimizning fikr-mulohazalarini milliy qadriyatlarimiz negizida yanada rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi tub o‘zgarishlarni xalqimizning hayot tarziga singdirishga xizmat qilishi mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalar, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar xususida muhim ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Mamlakatimizdagi barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi professor I.Yо‘ldashev. – Ayniqsa, ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlardan har qancha faxrlansak arziydi. E’tirof etish kerakki, so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha juda muhim vazifalar bajarilmoqda. Institut tomonidan yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida yanada samarali ishlarni bajarish lozim. Pedagogik jamoa a’zolari o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari shart. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, kiyinish madaniyati darslardagi ishtiroki, amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlarda vaqtida qatnashishi, о‘g‘il-qizlarni о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari kabi masalalarga jiddiy ahamiyat qaratishi zarur.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan ham tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash kerakligi qayd etildi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamada kengash a’zolari tomonidan darsliklarni metodik jihatdan yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.
Tyutorlarning asosiy vazifalari xususida fikr yuritildi. Ular institut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishga harakat qilishi kerak. Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib borishi lozim. Ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini taʼminlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi. Har bir tyutor talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi.
Qolaversa, majlis davomida “O‘zDSMIning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarni, shuningdek, boshqa shaxslarni munosib rag‘batlantirısh tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni о‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 312-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida institut yuriskonsulti Husniddin Umarovning axboroti tinglandi.
O‘zDSMI Milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarovni kafedra professori vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazish to‘g‘risida, O‘zDSMI Folklor va etnografiya kafedrasi katta o‘qituvchilari Umida Qurbonova hamda Dilorom Muhammedovalarni kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazish to‘g‘risida, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Venera Yusupovaning “Teatr san’ati” ixtisosligi bо‘yicha dotsent ilmiy unvonini olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarini yuborish tо‘g‘risida, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Nurullayevning “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bо‘yicha dotsent ilmiy unvonini olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarini yuborish tо‘g‘risida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Sobir Jumayevning axboroti tinglandi.
Institut professor-о‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashda kо‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish tо‘g‘risida О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor Abdulaziz Nurullayevning axboroti tinglandi.
Majlis ishtirokchilari tomonidan qayd etilganidek, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar iqtidorli, ilmiy salohiyati yuqori, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot kommunikatsion madaniyatini puxta oʼzlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, yig‘ilish davomida ta’lim dargohining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan yanada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonlariga tadbiq etish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ushbu yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.