1

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, iqtidorli talabalar hamda Zoom platformasi orqali Respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida Yoshlar ishlari bo‘yicha prorektor Eldor Shermanov mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr bildirdi. Shu jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xoh kino, xoh spektakl bo‘lsin, ularning yaratilishida xizmat qiladigan barcha soha vakillarini yetishtirib beradigan dargoh ekanligi aytib o‘tildi.

Konferensiya davomida asosiy Qonunimiz — Konstitutsiyaning ahamiyati va ustuvorligi, qolaversa, vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik tushunchalarining mazmuni borasida ma’ruzalar, shuningdek, yoshlarning fikr-mulohazalari ham tinglandi.