Ilmli inson e’tibordan chetda qolmaydi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ilm-fan hamda ijodiy taraflama o‘z iqtidorini namoyon etayotgan o‘qituvchi va talabalar taqdirlandi.
Jumladan, institutning eng iqtidorli jo‘rnavozlaridan biri Oybek Hamroyev institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
“Research and publications” ilmiy nashrlar markazi Ilmiy kengashining 2022-yil 26-avgust oyining 5-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida “Ta’lim fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Xalq ijodiyoti fakulteti “Ashula va raqs” yònalishi 3-bosqich talabasi Rahmonova Dinaraga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.