
Joriy yilning 14-fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Sobir Jumayev hamda institutning “Jahon tillari va adabiyoti”, “Qo‘gʼirchoq teatri sanʼati”, “Informatika va tabiiy fanlar” hamda “Folklor va etnografiya” kafedralarida faoliyat olib borayotgan yosh pedagoglar va doktorantlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazidi.
Yig‘ilish davomida institut ilmiy salohiyatini oshirish, jamoani yanada faollikka jalb etish, institutning barcha sohalardagi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quv adabiyotlari hamda darslik qo‘llanmalar chiqarish kabi masalalar muhokama qilindi. Yoshlarning ilmiy tadqiqotga jalb etish, innovatsion hamkorliklarni kengaytirishga doir eng dolzarb hamda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar tahlil etildi.
– Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda bugungi kunda taʼlim sifatini yanada yaxshilash, talabalarga eng soʻnggi zamonaviy axborot texnologiyalar, ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar asosida bilim va koʻnikmalar berish, kadrlar tayyorlash boʻyicha salmoqli ishlar qilinmoqda, – dedi S. Jumayev. – Bu jarayonlarda yuqori malakaga ega, ayni vaqtdagi mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar yetishtirib berishda yuksak ilmiy salohiyatga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrni kattadir. Shunday ekan, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan yoshlar hamda yosh pedagog xodimlar institut ilmiy salohiyatini kuchaytirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlari darkor. Zero, amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq.
Yig‘ilish davomida institut ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ilmiy salohiyatini oshirish, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar ulushini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Doktorantlarning, mustaqil izlnuvchilikka qabul qilingan doktorant izlanuvchilar tadqiqotchilarning o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlardan juda unumli foydalanishi kerakligi ta’kidlandi. Davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Bu ishlarda mas’uliyat bilan yondashish zarurligi tushuntirildi.
Ilmiy tadqiqot ishlari sohasida erishilayotgan natijalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr bildirildi va ularga zarur yo‘l-yo‘rig‘lar ko‘rsatildi, maslahat hamda tavsiyalar berildi. Ular o‘zlari uchun muhim bo‘lgan kerakli xulosalarni chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.