1

Ikki avlod uchrashuvi

Ikki avlod uchrashuvi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida taniqli professor-o‘qituvchilar, xalq shoiri, xalq artistlari, olimlar ishtirokida oliygoh talabalari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Uchrashuv davomida taniqli ustozlar o‘zlarining hayot yo‘li, ijod mashaqqati, hozirgi darajaga yetishigacha bo‘lgan mashaqqatli mehnatlari haqida fikr bildirdi. Qolaversa, ular tomonidan yosh avlod uchun kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mahorat darslarida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Jo‘ra Shukurov, “Sahna nutqi” kafedrasi o’qituvchisi, radioboshlovchi Bahodir Magdiyev va boshqa el suygan ustozlar ishtirok etdi.

Bunday uchrashuvlardan maqsad yoshlarda kelajakka bo‘lgan ishonchni oshirish hamda ularni bilim olishga va ijod qilishga undash sanaladi.