1

“Ijodiy parvoz” gazetasi hamda kafedralar faoliyati tahlil qilindi

“Ijodiy parvoz” gazetasi hamda kafedralar faoliyati tahlil qilindi

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida bir qator masalalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra oʻqituvchilari hamda boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev talabalarning yashash imkoniyatlari bilan tanishib, ularga befarq boʻlayotgan xodimlarni tanqid qildi.

“Oʻz ishiga befarq yondashish jinoyat sanaladi. Talabalar oilasiga ogʻirligi tushmasligi uchun darsdan soʻng tungi oʻn ikki-birgacha ishlamoqda. Men ularning ishlashiga qarshi emasman. Faqatgina ular qanday ish bilan mashgʻul, qay sharoitda ishlayotganidan koʻpchiligimiz bexabarmiz. Vaholanki, institutdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ularni joylashtirib, ham rivoji bor ish bilan, ham moddiy taraflama qoʻllab-quvvatlashimiz mumkin. Talabalarning huquqlarini biz himoya qilmasak, kim himoya qiladi? Ularga farzandimiz kabi munosabatda boʻlishimiz lozim”, dedi oliygoh rektori.

Shuningdek, Ibrohim Yuldashev institutning “Ijodiy parvoz” gazetasi faoliyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Gazeta qamrovi talabalarning ijod namunalari bilan cheklanib qolmasdan, professor-oʻqituvchilarning ibratli maqolalari bilan boyitilishi zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

Qolaversa, kafedralarning tijoratlashtirish faoliyati boʻyicha hisobotlar tinglandi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.