Ijodiy imtihonlar davom etmoqda

Ijodiy imtihonlar davom etmoqda

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

Imtihonlar yuqori saviyada, abituriyentlarning ota-onalari va kuzatuvchilar uchun muassasa hududida imtihonlar sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilgan. Asosiy maqsad esa imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora о‘tkazilishini ta’minlash, abituriyentlarning eng bilimlilarini saralab olishdan iborat bo‘lmoqda.

Ta’lim dargohida abituriyentlar uchun qator qulayliklar, jumladan kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi haqida ma’lumotlar va tavsiyalar berish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-center xizmati faoliyat kо‘rsatmoqda. Farzandlariga ruhiy dalda bo‘lib, ular bilan hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar va mehmonlar uchun institut hududida salqin ichimliklar va shinam kutish joylari tashkil qilingan. Jamoatchilik kengashi a’zolari ham bevosita imtihon jarayonlarini kuzatib bormoqda.

Xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon о‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Imtihon jarayonlari videokameralar orqali yozib olinmoqda va zarur bо‘lgan holatda ushbu video tasvirlarni kо‘rish imkoni mavjud. Shuningdek, imtihonlarni adolatli va haqqoniy о‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon oluvchi komissiya a’zolari safiga “О‘zbekiston respubikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”,”О‘zbekiston xalq hofizi” kabi unvonlar sohiblari bо‘lgan respublikamizning taniqli san’at va madaniyat sohasi vakillari ham jalb etilgan. Ular abituriyentlarga omad tilab, o‘zlarining ezgu tilaklar bildirishmoqda.

Ijodiy imtihon jarayonlari sanitariya epidemiologik talablarga tо‘liq rioya qilgan holda tashkil etilib, unda abituriyentlar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Har bir abituriyent о‘zini yо‘nalishidan kelib chiqqan holda о‘zidagi mavjud bilimlarini, iste’dod hamda qobiliyatlarini ishga solib, imtihon topshirmoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati kafedrasi, Kinoteleoperatorlik hamda Animatsiya rejissurasi ta’lim yо‘nalishi talabalari ijodiy imtihon jarayonlarini video tasvirga olib bormoqda. Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari imtihon jarayonlarini onlayn kuzatmoqda.

Ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy imtihonlar davom etmoqda

Imtihon oluvchi komissiya a’zolarining qayd etishicha, mamlakatimizda ta’lim sohasi rivojlangani sayin yoshlarning oliy ma’lumot olishga bo‘lgan intilishi ham kuchayib bormoqda. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi yil sayin ortmoqda. Mazkur ta’lim dargohida talabalikka tavsiya etiladigan yoshlar yurtimiz san’ati va madaniyatining ertasini belgilab berishadi. Shunday ekan, imtihon topshirayotgan abituriyentni baholash ulkan mas’uliyatni talab etadi. Professor-о‘qituvchilar yoshlarning iqtidori, iste’dodiga, bilim darajasiga jiddiy ahamiyat qaratishmoqda. Bu esa yoshlarning yangi qirralarini kashf etishga xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Komissiya a’zolari abituriyentlarni odilona va shaffof tarzda baholab borishmoqda.

Ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy imtihonlar davom etmoqda

image_pdfimage_print