Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlar talabalarni muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topishga harakat qilishmoqda. Shuningdek, yigit-qizlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, kasbga yo‘naltirish borasida ham samarali ishlarni bajarishga intilmoqda. Qolaversa, ijarada istiqomat qilayotgan talabalar haqida to‘liq maʼlumotlarni olib, manzillariga borib, ularning yashash sharoitlarini o‘rganmoqda.
Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi
Jumladan, Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti tyutori X.Qosimov. 3- kurs kinoteleoperatorlik yo‘nalishi talabasi G‘iyos Qahhorovni ijarada istiqomat qilayotgan xonadonga borib sharoitlarini o‘rgandi. Xo‘jamova Zarnigor 1-kurs 104-guruh Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabasi. Bu talaba M. Ulug‘bek tumani Zafardiyor ko‘chasi 129-uy 4-xonadonda xonadon egalari bilan ijarada yashaydi. Joriy yilning 10-dekabr kuni tyutor Rayxon O‘ralova Xo‘jamova Zarnigorni yashash sharoitini borib o‘rganiganida xonadonda oshxona jihozlari, muzlatkich, dars qilish uchun stol, o‘rindiq, kompyuter jamlanmasi, WIFI moslamasi, krovatlar mavjudligi maʼlum bo‘ldi. Xo‘jamova Zarnigorga gazdan foydalanish va is gazidan ehtiyot bo‘lishi va darslarga kech qolmasdan talaba formasida borishi ham alohida ta’kidlab o‘tildi. Diyora Bobonazarova 1-kurs 103-guruh Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabasi. U Yashnaobod tumani Vodkina ko‘chasi 6-uy 14-xonadonda xonadon egalari bilan ijarada yashaydi. Joriy yilning 10-dekabr kuni uning yashash sharoiti o‘rganilganda xonadonda dars qilish uchun hamma shart-sharoitlar borligiga ishonch hosil qilindi. Diyora Bobonazarovaga gazdan foydalanish va is gazidan ehtiyot bo‘lishi va darslarga kech qolmasdan talaba formasida borishi ham alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi
Mirzo Ulug‘bek tumani 36-uyda istiqomat qiluvchi Qo‘g‘irchoq teatr 2-kurs talabalari Ruslan, Abduqodir, Dilyorbeklarning ham yashash sharoiti bilan tanishib chiqildi.
Shu o‘rida aytish lozimki, tyutorlarimizning asosiy maqsadi taʼlim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va taʼlim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashgʼulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini taʼminlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

image_pdfimage_print