1

Idoralararo hujjat aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi

Idoralararo hujjat aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimlari uchun Idoralararo hujjat aylanish tizimi bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida EDO.IJRO.UZ saytidan qay tartibda foydalanish, hujjatlarni qabul qilish va yuborish kabi bir qancha amallar tushuntirib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, EDO.IJRO.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari monitoring qilish tizimi hisoblanadi. Tizim, hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida, hujjat ustida bir nechta xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.