Go‘zallikda tanhosan, ayol

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv teatrida “Go‘zallikda tanhosan, ayol” nomli konsert tashkil etildi.
Konsertga tashrif buyurgan institut xodimalari, go‘zal va ilmli opa-singillar O‘quv teatri binosi yonida gullar bilan qarshi olindi.
Bayram dasturini institut rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berdi. Eldor Shermanov oliygoh rivoji yo‘lida hamda talabalarga tahsil berishda o‘z mehnati hamda mehr-muruvvatini ayamayotgan xotin-qizlarga o‘z tabrigini bildirdi.
Jarchilarning o‘ziga xos chiqishi bilan boshlangan qizg‘in ruhda boshlangan konsert o‘yin-kulgilarga ulanib ketdi. Ustoz san’atkorlarning sho‘x qo‘shiqlari butun zalni go‘zal raqslar va gulduros qarsaklar bilan cho‘lg‘ab oldi.
Qolaversa, iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar tomoshabinlarda ijobiy taassurot qoldirdi.