Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O’zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Joriy yilning 30-may kuni Fransiyaning Moskvadagi elchixonasining Audiovizual hamkorlik bo‘yicha attashesi Emmanuel Fossiyon О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev boshchiligida ta’lim dargohi hududida ekilgan mevali va manzarali daraxtlar, turfa gullar mehmonlarning hayratini oshirdi. Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yuksak samarali hamda juda xayrli ishlarga O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti jamoasi ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shayotgani e’tirof etildi.

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Mehmonlar ta’lim dargohida talaba yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, ushbu jarayonlarda yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyoj yuqoriligini aytib o‘tdi.

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, prorektorlar ustoz-murabbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘zaro muloqot davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, mehmonlar institut kutubxonasining ishlash tartibi hamda faoliyatini o‘rganishdi. Kutubxonadagi sharoitlarni, qulayliklarni ko‘rib, bir olam zavq olishdi.

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Qayd etildiki, Oʻzbekistonda Fransiya sanʼati va madaniyatiga, tili hamda adabiyotiga qiziqish kuchli. Ayniqsa, soʻnggi yillarda respublikamizda fransuz tilini oʻqitishga boʻlgan eʼtibor sezilarli darajada kuchaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yuksak samarali vazifalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalarning axborotdan erkin foydalanishini, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati durdonalaridan bahramand boʻlishini taʼminlash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.

Ayni paytda mazkur ta’lim dargohida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylangan. Ushbu ziyo maskanidagi adabiyotlar talabalarning o‘qishi, izlanishlari, dars tayyorlashlari uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston yoshlari erishayotgan muvaffaqiyat va zafarlar zamirida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta g‘amxo‘rlik, yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak eʼtibor mujassamdir.

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Qolaversa, mehmonlar “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. Bu juda katta mahoratni, tinimsiz mehnatni, astoydil sa’y-harakatni talab qiladi.

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Fransiyaning Moskvadagi elchixonasidagi vakillar O'zDSMIga tashrif buyurdi

Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan o‘zaro muloqot davomida o‘zining betakror asarlari orqali o‘zbek she’riyatida o‘chmas iz qoldirgan serqirra ijod sohibi, О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf asarlarini fransuz tiliga tarjima qilish, madaniy hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda turli madaniy tadbirlarni, talabalar va professor-о‘qituvchilar uchun mahorat darslari o‘tkazish, institutda “Fransiya madaniyati kunlari”ni tashkil etish masalalari bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

image_pdfimage_print