Dotsent ilmiy unvonini olish bo‘yicha imtihon masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kafedra o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati, jurnallarda chop etilgan maqolalari bo‘yicha tafsilotlar, dotsent ilmiy unvonini olish bo‘yicha imtihon jarayoni muhokama qilindi.
Oliygoh rektori, professor Ibrohim Yuldashev har bir o‘qituvchining professor, dotsent va boshqa ilmiy darajalarga erishishida institut rahbariyati bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidladi.
Qolaversa, huquqiy savodxonlikni puxta o‘zlashtirish orqali kelgusida chigal holatlarga duch kelishning oldi olinishi aytib o‘tildi.