Dolzarb vazifalar muhokama qilindi

Dolzarb vazifalar muhokama qilindi

2022-yil 5-yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev tomonidan ushbu ta’lim dargohida tahsil olayotgan sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalarining fanlarni o‘zlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi, ularning bilimini baholash, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayot ishlarni samaradorligini oshirish masalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Professor-о‘qituvchilar, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar qatnashgan majlisda talabalarni muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topishga harakat qilish, yigit-qizlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi aytildi.
Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalarimiz tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasidagi barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi shart, – dedi Ibrohim Yо‘ldoshev. Ular bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lishi joiz. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlarning puxta ilm olishi, o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Institutning rahbar kadrlari, mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limning har bir talabasiga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak. Iqtidorli, iste’dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga ko‘maklashish lozim.
Dolzarb vazifalar muhokama qilindi
Etirof etilganidek, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Vatanimizning qudratini belgilaydigan omillarning eng asosiylaridan biri, shubhasiz, shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Mutasaddilar tomonidan qayd etildiki, O‘zbekiston yoshlari erishayotgan muvaffaqiyat va zafarlar zamirida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta g‘amxo‘rlik, yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak eʼtibor mujassamdir.

image_pdfimage_print