1

Doktorantlar bilan navbatdagi uchrashuv

Doktorantlar bilan navbatdagi uchrashuv

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati oliygoh doktorantlari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Unda bir qator masalalar ilgari surildi.

Jumladan, dissertatsiyalar holati, ularni kafedralar muhokamasidan o‘tkazish masalalari o‘rganildi. Qolaversa, ilmiy ishida kamchiliklari mavjud dissertantlarga yordamchi-konsultant biriktirish vazifasi belgilab berildi.

Shu bilan birga, ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish hamda institut ilmiy salohiyatini va ilmiy darajaga ega malakali xodimlar sonini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.