1

“Dilkash navolar” nomli sinf konserti boʻlib oʻtdi

"Dilkash navolar" nomli sinf konserti boʻlib oʻtdi

16-dekabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Respublika yosh maqom ijrochilar koʻrik tanlovi” I-darajali laureati, Xalq ijodiyoti fakulteti “Folklor va etnografiya” kafedrasi oʻqituvchisi Izzat Yuldashevning “Dilkash navolar” deb nomlangan 2-bosqich talabalar ishtirokida sinf konserti boʻlib oʻtdi. Konsert dasturini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Eldor Shermanov Uralovich dasturini ochib berdi va ishtirokchilarni tabriklab, oʻqituvchi Izzat Yuldashevga va uning shogirdlariga ijodiy hamda ilmiy ishlarida omad tiladi. Konsert dasturda oʻzbek va qardosh xalqlar, shuningdek, Izzat Yuldashev tomonidan bastalangan qardosh xalq kuylari talabalar tomonidan ijro etildi. Konsert Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabalari bilan innovatsion hamkorlikda olib borildi. Konsert dasturida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti dotsenti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nodira Pirmatova konsert mehmoni boʻldi. Konsert dasturi unga tashrif buyurgan barcha mehmonlarda va talabalarda katta taassurot qoldirdi.