Buyuk Britaniya bilan hamkorlik doirasida davra suhbati bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 24-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Buyuk Britaniyaning “Change academy” xalqaro loyihasi doirasida “Oliy о‘quv yurtlarida samarali boshqaruv madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bо‘lib о‘tdi.
Tadbirda О‘zbekistondagi oliy ta’lim sohasi rahbarlari va universitetlari rektorlari, ta’lim tizimini isloh qilish bо‘yicha loyiha menejerlari, universitetlarning biznes hamkorlari, О‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari oliy о‘quv yurtlarida ta’lim sifatini boshqarish samarali vositalarini kо‘rib chiqdilar.
Shuningdek Respublikamizning 30 ta universitet jamoasi о‘z loyihalarini taqdim etish va boshqa universitetlar bilan hamkorlikning yangi yо‘llarini muhokama qilish, shuningdek, Buyuk Britaniyadan biznes hamkorlar topish imkoniga ega bо‘lishdi.
Tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti о‘zining “Kreativ va startap loyihalar markazi”ni tashkil etish loyihasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Madaniya va san’at menejmenti” kafedrasining hamda Institutning Nukus filiali mas’ul professor о‘qituvchilari hamda “Qo’g’irchoq yasash texnologiyasi”, “MSMTEB” ta’lim yo’nalishi talabalari qatnashdi. Davra suhbati plener yig‘ilishida “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi dotsenti v.b., iqtisodiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Dusmuxamedov O.S. “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kreativ tadbirkorlik faoliyatini rivojlanitirish bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan chiqish qildi.
Tadbir yakunlari bо‘yicha Buyuk Britaniyaning “Change academy” xalqaro loyihasi ishtirokchilariga hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga sertifikatlar taqdim etildi.