1

Bobur tavallud ayyomi qo‘shni oliygohda nishonlandi

Bobur tavallud ayyomi qo‘shni oliygohda nishonlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining xalq va xizmat ko‘rsatgan artistlari, mohir sozandalari hamda ijodkor talabalaridan iborat konsert jamoasi tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturida Bobur ijodiga oid g‘azallar asosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shu jumladan, tomoshabinlar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev va boshqa el suygan san’at vakillarning ijrolaridan bahramand bo‘ldi va barcha chiqishlar olqishlar ostida yakunlandi. El suygan san’atkorlarimizga qo‘shni oliygoh jamoasi tomonidan guldastalar taqdim etildi.

Shuningdek, Bobur ijodiga oid insholar tanlovi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.