Bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov boshchiligida institutdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Ushbu jarayonda barcha fakultet dekanlari va muovinlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi. Tahlillar davomida ushbu yo’nalish bo’yicha mas’ullarning haftalik rejalarni bajarganlik holati alohida monitoring qilindi. Qolaversa, dars mashg’ulotlari odatiy tartibga qaytishi munosabati bilan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yig’ilishda tashkiliy masala ham ko’rilib, bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, instituning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i lavozimiga Mallabayev Jahongir Rahimjonovich, Teatr san’ati fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari lavozimiga 0.5 shtat birligida (0.5 shtat birligida Shohruh Rahmatov faoliyatini davom ettiradi) Xudoybaxshov Kamoliddin Hasan o’g’li tayinlandi.