“Bir makon — o’n to’rt qozon” nomli milliy taomlar festivali oʻtkazildi

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Bir makon — o’n to’rt qozon” nomli milliy taomlar festivali oʻtkazildi.
Festival doirasida 2-talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba-qizlar tomonidan Respublikamizning turli hududlarida ommalashgan 14 xil taom tayyorlanib, dasturxonga tortildi.
Maxsus hakamlar hayʼati esa ishtirokchilarining mahoratini baholab bordi.
Ushbu shodiyona orqali talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning pazandalik mahoratini oshirish koʻzda tutilgan.
Qolaversa, festival orqali talabalar oʻrtasida doʻstona muhitni yana rivojlantirish maqsad qilingan.
Faol ishtirok etgan talabalar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. O‘z navbatida, talabalarga ham ushbu festival manzur bo‘ldi hamda ular tomonidan institut rahbariyatiga tashakkur izhor qilishdi.