Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi

Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi

Joriy yilning 26-fevral kuni Bektemir tuman Madaniyat markazida tumandagi aholisi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar ishtirokida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi.
Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tashkil etilgan mazkur bayramona tadbir O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, professor Аhmadjon Dadayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sayqal” ansambli vakillarining bir-biridan ajoyib musiqalari bilan boshlandi.
Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi

Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi
Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi. Institut talabalarining orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilgan gо‘zal raqslari esa barchani davraga chorladi. Konsert dasturida shuningdek, respublikamizning taniqli estrada xonandalari, xalqimiz suygan yulduzlari tomonidan ham shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi va bu davraga yanada о‘zgacha tarovat, kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi
Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari, kuy-qoʻshiqlari, qalblarga shodlik, xursandchilik jo etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Har bir chiqish gulduros qarsaklar bilan qо‘llab-quvvatlab turildi. Bu esa o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirdi, ruhlantirdi.
Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi
Eng quvonarlisi, tadbirga yig‘ilganlarning barchasi chinakam bayram kayfiyatida bo‘ldi, raqsga tushib, davraga fayz kiritdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev nutq so‘zlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, shu jumladan, madaniyat va san’at sohalariga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida so‘z yuritdi.
Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi
Ta’kidlanganidek, mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi sifatida xizmat qiladigan, insonlarni jamiyatning bir qismi bo‘lishga o‘rgatadigan, ularni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan noyob ijtimoiy tuzilmadir. Mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bayramona kechalarni muntazam o‘tkazish orqali milliyligimizni, ma’naviyatimizni xalqimiz oldida namoyish etish bilan birga aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlashga erishiladi.
Qalblariga shodlik, xursandchilik jo etgan, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan tadbir uchun mahallalar ahli institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Toshkent shahri bo‘ylab “Mahallada duv-duv gap” loyihasi ma’naviyat ulashishda davom etmoqda.
Bektemir tuman Madaniyat markazida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi

image_pdfimage_print