“Baxtimiz qomusi” nomli bayram konserti bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashkilotchiligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Baxtimiz qomusi” nomli bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Davlat madhiyasi bilan boshlangan bayram doirachilar ansamblining chiqishlari bilan davom etdi. Tadbir davomida Vatanni madh etuvchi, shuningdek, o‘zbekona ruhga ega qo‘shiqlar va raqs tomoshalari kafedra o‘qituvchilari hamda iste’dodli talabalar tomonidan ijro etildi.
Bayram dasturi tomoshabinlarni ham raqsga chorladi va qarsaklar sadosi ostida yakunlandi.