“Baxshichilik an’analari va epos taraqqiyoti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xalq baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 hamda Qodir baxshi Rahimov tavalludining 85 yilligini munosib nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Respublika baxchilik san’ati markazi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti bilan hamkorlikda “Baxshichilik an’analari va epos taraqqiyoti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i, folklorshunos tadqiqotchi Gulbahor Fozilova moderatorligida o‘tgan anjumanda bir qator ziyolilar, professor o‘qituvchilar va fan doktorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, taniqli baxshilar tomonidan xalq og‘zaki ijodi namunalari aytildi.
Anjuman so‘ngida ishtirokchilar uchun “Cofe break” tashkil etildi. Quyida ushbu anjuman jarayonidan olingan sara suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.