Badiiy va san’at asarlar taqdimoti o’tkazildi

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Joriy yilning 11-aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan joriy yilning 28-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalar, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar xususida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida ta’kidlandiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagogik jamoasi orasidan shakllantirilgan ishchi guruhi a’zolari poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 39 ta umumta’lim maktabida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganadi va maktab pedagoglariga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi. Oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga va metodik qoʻllab-quvvatlashga katta ko‘mak beradi.

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Hamkorlik doirasida oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlariga jiddiy ahamiyat qaratiladi. Bolalarga milliy cholg‘u asboblarini chalish bo‘yicha saboq beradigan o‘qituvchilarning hamda ta’lim muassasalarida qo‘shimcha tashkil etilgan mavjud musiqa to‘garaklari faoliyati o‘rganiladi. Taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qoʻllab-quvvatlash borasida samarali vazifalar bajariladi. Ta’lim berish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan xalqaro tajribalar e’tirof etiladi. Ta’lim muassasasiga tashrif buyurgan har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, darslardagi, mashg‘ulotlardagi ishtirokiga jiddiy ahamiyat qaratadi. Pedagogik jamoa a’zolari o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga harakat qilishadi.

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Shuningdek, yig‘ilish davomida Turkiya davlatining Anqara shahrida “Muhammed Yusuf secmeler” nomli turkcha tarjima saylanma kitobi taqdimoti o‘tkazilgani aytildi. Qayd etildiki, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tomonidan chop etilgan ushbu kitob taqdimotida shoirning hayot yo‘li, ijodi haqida iliq fikrlar bildirildi. Shoirning turk she’riyat ixlosmandlari orasidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi. Oʻzbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, oʻxshash madaniyat va anʼanalarga asoslangan yaqin doʻstlik hamda qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashda madaniy tadbirlar, turli festivallar muhim oʻrin tutadi. Turkiya madaniyati va sanʼati vakillari, turk amaliy sanʼati hamda folklori namoyandalari yurtimizda tashkil etilayotgan festivallarda muntazam ishtirok etmoqda. Qolaversa, ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirishga yuborish, axborot hamda ilmiy ma’lumotlar almashish, ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari belgilangan.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim dargohida tahsil olayotgan sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalarining fanlarni o‘zlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi, ularning bilimini baholash, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayot ishlarni samaradorligini oshirish masalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

– Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalarimiz tasdiqlangan rejalardagi barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi shart, – dedi Ibrohim Yо‘ldoshev. – Ular bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lishi joiz. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlarning puxta ilm olishi, o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Institutning rahbar kadrlari, mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limning har bir talabasiga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak. Iqtidorli, iste’dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga ko‘maklashish lozim.

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Badiiy va san'at asarlar taqdimoti o'tkazildi

Yig‘ilish davomida joriy yilning 6-aprel kuni Ozarbayjon Milliy Majlisi madaniyat qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati a’zosi Ganira Pashshayeva tomonidan institut rahbariyatiga sovg‘a qilingan “Qadamba qadam O‘zbekiston” nomli kitob hamda rassom Shakit Mammedov tomonidan chizilgan “14 go‘zal” miniatyuralar turkumidan o‘rin olgan suratlar professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan institut kutubxonasiga taqdim qilindi.

Samimiy ruhda о‘tgan yig‘ilishda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni olishdi. Kerakli xulosalar chiqarildi, kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.

image_pdfimage_print