Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Oliy ta‘lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi — HEMIS dasturidan foydalanish holati bo‘yicha hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, baholash sifati tahlili, qolaversa, talabalar davomati, ijro intizomi va professor-o‘qituvchilarning dars sifati muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ekspert xulosasidan o‘tgan o‘quv adabiyotlari Ilmiy Kengashga tavsiya etilishi aytib o‘tildi.