1

Badiiy, o‘quv-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Badiiy, o‘quv-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashning 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev joriy yilgi o‘quv jarayonlari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, yig‘ilish davomida 2022/2023 o‘quv yili kuzgi semestrida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, baholash sifati tahlili, qolaversa, talabalar davomati, ijro intizomi va professor-o‘qituvchilarning dars sifati muhokama qilindi.

Shu bilan birga, o‘quv adabiyotlari nashr rejasini bajarish holati to‘g‘risida mulohaza bildirildi. Bundan tashqari, ochiq darslar va o‘zaro darslarni kuzatish bo‘yicha monitoring natijalari haqida hisobotlar tinglandi.