Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan joriy yilning 7-mart kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Ayol borki, olam munavvar” nomli ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi.

Bayram tadbirida institut xodimlari va professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlar hamda faxriy ayol-ustozlar mehmon sifatida taklif etildi.

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev institut xotin-qizlariga o‘zining bayram tabriklarini aytdi. Ko‘p yillik samarali faoliyati davomida institut ravnaqiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarning, ustoz-murabbiylarning mehnatlari e’tirof etildi.

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

– 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan institut ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman, – dedi professor Ibrohim Yo‘ldoshev. – Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning farovon hayot kechirishi hamda jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilandi. Qizlarning yaxshi ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi Prezidentimizni hamisha o‘ylantiradigan masalalardan biri. Videoselektor yig‘ilishida ham ular uchun ta’lim sharoitlarini kengaytirish bo‘yicha tarixiy qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur doirasida, poytaxtimizda asosan xotin-qizlarni o‘qitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida joylarda universitetning texnikumlari ham ochiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi. Buning uchun, joriy yilda banklarga 1 trillion 800 milliard so‘m, kelgusi besh yilda 8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi. Shuningdek, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lanadi.

Ayol borki, olam munavvar

Jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish uchun doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

Monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etish, ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

– O‘rni kelganda shuni ham qayd etish lozimki, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Bir necha kunlardan buyon erta tongdan mazkur ta’lim dargohining 2-Talabalar turar joyiga borib, u yerda istiqomat qilayotgan talaba qizlarimizning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash borasida samarali ishlarni bajarmoqdamiz.

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Say’-harakatlarimiz bilan bu yerda talabalarning ovqatlanishi, internet tarmog‘idan foydalanish, kitob mutola qilishi, gazeta va jurnal o‘qishi, aqliy salohiyatlarini, bilim darajalarini oshirishi, televizor tomosha qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda manan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida talabalar turar joylarida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonalari tashkil etilgan. Binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud. Kompyuter xonasida yangi, zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatilgan. Yangi muzlatkichlar, har bir xonaga qo‘shimcha kravotlar, yangi kir yuvish mashinalari berilgan. Bunday e’tibordan esa talaba qizlarimizning quvonchi cheksiz.

Yana bir bor bahor hamda go‘zallik bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qadrli ayollarimizga eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

So‘ngra sahnalashtirilgan ajoyib ijodiy chiqishlarga navbat berildi. Tadbir davomida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari ishtirokidagi musiqiy dastur yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro qilindi.

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

Ayol borki, olam munavvar

image_pdfimage_print