Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari Komiljon Sultonov, Botirali Yuldoshev, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, talabalar qatnashgan tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Eldor Shermonov so‘z olib, buyuk sarkarda va davlat arbobining hayot yo‘li, mamlakatimizda Amir Temurga ko‘rsatilayotgan ehtirom, Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat sohalari taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan va boy merosi haqida muhim fikrlarni aytib o‘tdi.

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida Temur shaxsi, hayoti va faoliyati, jahon ahlining uning siymosiga qiziqishlari, Sohibqiron tomonidan amalga oshirilgan xayrli ishlar haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, uning davlat ishlarini boshqarish, xalq tinchligi va farovonligi yo‘lidagi g‘amxo‘rliklari, ezgu va adolatli amallari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, buyuk sarkarda oʻzining beqiyos azmu shijoati, jasorati bilan oʻz davrida xalqimizni qaramlik iskanjasidan xalos etgan, mustaqil va qudratli davlatga asos solgan. Shu bois, mamlakatimizda va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan ulkan hissasiga oid koʻplab badiiy, publitsistik asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilyapti.

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘z navbatida, talabalar Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va savollariga atroflicha javob olishdi.

Tashkil etilgan davra suhbati barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga ma’qul bo‘ldi.

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

image_pdfimage_print