Alisher Navoiyning 580-yilligini keng nishonlashga bag’ishlangan tadbir

Alisher Navoiyning 580-yilligini keng nishonlashga bag'ishlangan tadbir

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan 1-va 2- talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida “Alisher Navoiy yoshlar nigohida” hamda “Oriyat, hamiyat, botirlik biz intilayotgan taraqqiyotning maʼnaviy asosidir” mavzularida tadbir o‘tkazildi.Alisher Navoiyning 580-yilligini keng nishonlashga bag'ishlangan tadbirO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 19-oktyabrda “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tkazilgan tadbirda A.Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganilayotgani, o‘lmas asarlarini talabalarimiz orasida hamda xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilinayotgani haqida gapirib o‘tildi. Asarlaridan namunalar o‘qildi.Alisher Navoiyning 580-yilligini keng nishonlashga bag'ishlangan tadbir
Shundan so‘ng, “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Ibrohim G‘ofurovning “Oriyat, hamiyat, botirlik biz intilayotgan taraqqiyotning maʼnaviy asosidir” nomli maqolasi o‘qib eshittirildi hamda talabalar o‘rtasida tahlil qilindi.Maqolada Nomus-orni og‘ishmay saqlash bilan hozirgi internet va uning chek-chegarasiz iddaolarini uyg‘unlashtirishning yo‘li, iloji bor yoki yo’qligi  masalasi ko’tarilgan. Uchrashuvda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

 

Matbuot kotibi

 

 

image_pdfimage_print