
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Al-Farobiy” va “Ahmad Yugnakiy”mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 256-umumta’lim maktabida mahalla faollari, hududdagi tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilari, o‘quv muassasalari direktorlari, mehnat faxriylari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar vakillari uchun turli janrdagi qо‘shiqlar, shо‘x raqslar ijro etildi, qо‘g‘irchoq о‘yinlari namoyish qilindi.
Darhaqiqat, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir “Sayqal” ansamblining go‘zal navolari ostida ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. О‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artistlar, estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalarining ijod namunalari dillarga quvonch bag‘ishladi.
Mazkur bayramona kechada so‘z olganlar mamlakatimizda mahallalarga qaratilayotgan e’tibor, keyingi paytlarda butunlay yangicha qiyofa kashf etayotgan ushbu maskanlarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Yurtimizda aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar eʼtirof etildi. Shuningdek, tadbirda buyuk siymolarimizning serqirra faoliyati va ulkan ma’naviy jasorati haqida fikr yuritildi. Yosh avlod qalbida yurtga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizga munosib vorislik tuyg‘ularini yuksaltirishda mana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.
Bu tadbir yig‘ilganlarning barchasiga ajib bir xushnudlik, o‘zgacha bir zavqu shavq bag‘ishladi. Mahalla vakillari O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutidan tashrif buyurgan mehmonlarga hamda el ardog‘idagi xonandalarga cheksiz minnatdorchiligini bildirishdi.