
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashi tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan Atamuxamedov Akbar Xamidovichning “O‘yin ommaviy bayramning ijodiy uslubi sifatida” mavzusidagi dessertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari, professor-o’qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar qatnashgan mazkur anjumanda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev so‘z olib, mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli hamda juda samarali o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida aytib o‘tdi.
Qolaversa, ilmiy tadqiqot sohasida erishilayotgan natijalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy izlanishlari hamda innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar xususida fikr yuritildi.
Tadqiqotning maqsadi ommaviy taqdimotning ijodiy usuli sifatida o‘yinlarni qo‘llash qonuniyatlarini va uning rivojlanish istiqbollarini o‘rganish hisoblanadi.
Dissertatsiya Atamuxamedov Akbar tomonidan munosib tarzda himoya qilindi. Institut rahbariyati Atamuxamedov Akbarni mazkur muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi hamda uning kelgusi ilmiy faoliyatiga rivoj tiladi.