Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi

Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 255-umumta’lim maktabida “Tong”, “Vatandosh”, “Al-Buxoriy”, “Tuzel”, “Amir Temur” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida yashayotgan aholi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar ishtirokida “Mahallada duv-duv gap” konsert dasturi o‘tkazildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tashkil etilgan mazkur bayramona tadbir O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Folklor va etnografiya kafedrasi yetakchi jo’rnovozi Oybek Hamrayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “E’zoz” ansambli vakillarining bir-biridan ajoyib musiqalari bilan boshlandi.
Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari tomonidan chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar aytildi.
Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflandi. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarimizni maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o‘zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi.
Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi. Bu esa o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirdi, ruhlantirdi. Institut talabalarining orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilingan gо‘zal raqslar esa barchani davraga chorladi. Mahalla ahli о‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Tadbirga yig‘ilganlarning barchasi chinakam bayram kayfiyatida bo‘ldilar.
Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi
Tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazish orqali milliyligimizni, ma’naviyatimizni xalqimiz oldida namoyish etish bilan birga aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsad qilingan. Mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bayramona kechalarni muntazam o‘tkazish orqali mamlakatimizdagi samarali islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizga yetkaziladi, fuqarolar qalbida bugungi kunimizga shukronalik va ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada oshirishga erishiladi. Zotan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan asrlarga tatigulik ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi.

image_pdfimage_print