Ahmadjon Dadayevning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining O‘quv teatrida oliygohning “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibi Ahmadjon Dadayevning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, professor o‘qituvchilar, taniqli san’atkorlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Dastlab institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev so‘zga chiqib, Ahmadjon Dadayevning serqirra ijodkor ekanligi, yordam berishga hamisha shay inson sifatida e’tirof etilishini ta’kidladi.
Ijodiy kechada Ahmadjon Dadayev tomonidan bastalangan qo‘shiqlar “Sayqal” sozandalar ansambli jo‘rligida ijodkorning o‘zi hamda taniqli san’atkorlar tomonidan kuylandi va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Quyida mazkur tadbirga oid sara suratlar jamlanmasini tomosha qilishingiz mumkin.