Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Joriy yilning 27-aprel kuni erta tongdan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev rahbarligida institut jamoasi О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida bugun ham jam bо‘lishdi.

Ushbu maskanda tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda professor Ibrohim Yo‘ldoshev so‘z olib, Vatan va muhabbat kuychisi – Muhammad Yusuf hayoti va sermahsul ijodiy faoliyati, shoir qoldirgan boy ma’naviy-adabiy merosi, milliy adabiyotimizni rivojlantirishda tutgan о‘rni va shoir asarlarining navqiron avlod tarbiyasida tutgan ahamiyati xususida muhim fikrlarni aytib o‘tdi.

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Ta’kidlanganidek, Muhammad Yusufning serqirra ijodi, millat va istiqlol g‘oyalari yo‘g‘rilgan asarlari bilan milliy adabiyotimizdan mustahkam o‘rin olgan. Uning she’riyatida ilgari surilgan ulug‘vor g‘oya va qarashlar, yoshlarni adabiyotga oshno etadi. Bugun unib, o‘sib kelayotgan yoshlar Muhammad Yusuf ijodini chuqur o‘rganish barobarida, uning vatanparvarlik, mardlik, fidoiylik singari ibratli fazilatlarini ham o‘zlariga singdira olishlari kerak.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tomonidan Muhammad Yusufning xalqimiz qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadigan she’rlari o‘qildi.

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Qolaversa, О‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Azamat Sharipov hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir qator iqtidorli talabalarining Muhammad Yusuf so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlari ijro etildi. Chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqat tarannum etilgan qo‘shiqlar esa tinglovchilarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbir yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Adiblar xiyobonida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

image_pdfimage_print