1

Abdumalik Madrahimovning Temuriylar davri cholg‘ulari haqidagi monografiyasi nashr etildi va ushbu kitob nusxasi institutga sovg‘a qilindi

Abdumalik Madrahimovning Temuriylar davri cholg‘ulari haqidagi monografiyasi nashr etildi va ushbu kitob nusxasi institutga sovg‘a qilindi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi arafasida O‘zbekiston madaniyat va san’at instituti ilmiy jamoasi tomonidan nashrga tavsiya qilingan andijonlik usta, Tarix fanlari doktori, professor Abdumalik Madrahimovning “Amir Temur va Temuriylar cholg‘ulari” nomli monografiyasi nashr etildi hamda ushbu kitobning ilk nusxalari mazkur oliygoh rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldashevga taqdim etildi.

Ushbu kitobga San’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov mas’ul muharrirlik qilgan. Mazkur monografiyada Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarida, miniatyuralarida mavjud sozlar o‘rganilib, ularning ayrimlari, masalan, “G‘ijjaki Boburiy” “Dilrabo” kabi namunalar aks ettirilgan. Kitob-albom ko‘rinishidagi risola institut talabalari va ilmiy tadqiqotchilari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.