“Abdulla Qodiriy – O‘zbek adabiyoti xazinasidan”

“Abdulla Qodiriy – O‘zbek adabiyoti xazinasidan”
Abdulla Qodiriy memorial muzeyida o‘zbek romanchiligining asoschisi, xalqimizning buyuk ma’rifatparvar farzandi Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “Abdulla Qodiriy – O‘zbek adabiyoti xazinasidan” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tabdir Abdulla Qodiriy haykali poyiga gul qo‘yish bilan tantanali tarzda ochildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulaziz Nurillaev, O‘zDSMI “Xalq ijodiyoti” fakelteti dekani Muqaddas Axmedjanova, O‘zDSMI professor-o‘qituvchilari va institutimizning talaba yoshlari, Qodiriyshunos olim Baxodir Karim, Abdulla Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriy, OAV, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
“Abdulla Qodiriy – O‘zbek adabiyoti xazinasidan”
So‘zga chiqqanlar vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom koʻrsatib, milliy adabiyotimiz rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida alohida toʻxtalib o‘tdi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nimaga desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi, – deya ta’kidlab o‘tgan edi.
Abdulla Qodiriy bobomizning hayoti va ijodini keng targ‘ib etuvchi tadbirlar yuqori tashkilotshilik va ko‘taringki ruhda o‘n kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print